Soliq tizimi mahalla darajasida

Soliq tizimi mahalla darajasida

Prezidentimiz tomonidan soliq organlari xodimlari oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, Soliq tizimini mahalla darajasiga tushirish yangi institutini joriy qilish bo‘yicha manzilli ishlar olib borilmoqda. \"Mahalla yettiligi\"ga soliq xodimlarining ham qo‘shilishi hududlardagi tadbirkorlarning soliq ma’murchiligi bilan bog‘liq muammolarini o‘rganish va joyida hal qilishda muhim ahamiyatga ega.

Soliq tizimi mahalla darajasida

Ayni paytda Toshkent viloyatidagi mavjud 1025 ta mahallaga 504 nafar soliq xizmati xodimlari biriktirilib, ular zimmasiga  mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda o‘zini o‘zi band qilganlarga kichik biznes toifasiga o‘tishga ko‘maklashish hamda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganlarni aniqlash kabi muhim vazifalar yuklatildi.

Soliq tizimi mahalla darajasida

Xususan, joriy yilning avgust-oktyabr oylarida mahalla darajasida tashkil etilgan ishlar natijasida viloyatning 22 ta tuman shaharlarida 2260 yangi tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatga olindi va 987 ta tadbirkor faoliyati tiklandi.

Shuningdek, 183 ta bo‘sh turgan obyektga tadbirkorlik subyektlari joylashtirildi va 330 ta ish o‘rni yaratildi.

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.