O‘zbekistonda qancha qoramol borligi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda qancha qoramol borligi ma’lum qilindi

2023 yil 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonda barcha toifadagi xo‘jaliklarda boqilayotgan yirik shoxli qoramollar soni 13,9 mln boshga yetgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi.

Bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davriga nisbatan 2 foizga ko‘paygan.

Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlillar yirik shoxli qoramollar umumiy sonining 91,3 foizi – dehqon va tomorqa xo‘jaliklari, 7 foizi – fermer xo‘jaliklari, 1,7 foizi – qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelganligini ko‘rsatmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.