Toshkentda avtobus va yuk avtomobili to‘qnashdi (foto)

Toshkentda avtobus va yuk avtomobili to‘qnashdi (foto)

Foto: Telegram / KoDnu

Toshkent shahrida Mersedes-Benz rusumli avtobus va yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

«Toshshahartransxizmat» xabariga ko‘ra, bugun, 29 noyabr kuni soat 06:50 larda «4-Avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi Mersedes-Benz rusumli 132-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan, haydovchi A.S boshqaruvidagi avtobus ishtirokida YTH yuz bergan.

Toshkentda avtobus va yuk avtomobili to‘qnashdi (foto)

Qayd etilishicha, avtobus Yangihayot tumani, Binokor ko‘chasi bo‘ylab «Toshkent» MFY tomonga harakatlanish uchun orqaga qayrilayotgan vaqtda, Binokor ko‘chasining qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan MAN rusumli yuk avtomobili kelib urilgan.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida 3 nafar avtobus yo‘lovchisi yengil tan jarohati olgan, avtobus va yuk avtomobili texnik shikastlangan.

Toshkentda avtobus va yuk avtomobili to‘qnashdi (foto)

Ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.