Bolalar ombudsmani Qashqadaryoda jinsiy qullikda saqlangan 14 yoshli qiz bilan uchrashdi

Bolalar ombudsmani Qashqadaryoda jinsiy qullikda saqlangan 14 yoshli qiz bilan uchrashdi

Foto: Bolalar ombudsmani

Bolalar ombudsmani Qashqadaryoga safari davomida 7 oy mobaynida jinsiy qullikda saqlangan 14 yoshli qiz bilan uchrashgan. Bu haqda Bolalar ombudsmani matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avvalroq, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida yashovchi 14 yoshli qiz Shahrisabz tumanida yashovchi ayol tomonidan jinsiy qullikda saqlangani haqida xabar berilgandi. O‘shanda vaziyat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingandi.

Ma’lum qilinishicha, Bolalar ombudsmani 2009 yilda tug‘ilgan o‘sha qizdan xabar olgan va unga berilayotgan ijtimoiy ko‘mak, ta’lim-sharoitlari va psixologik yordam holatlarini o‘rgangan.

Bolalar ombudsmani Qashqadaryoda jinsiy qullikda saqlangan 14 yoshli qiz bilan uchrashdi

Xabarda aytilishicha, hozirda qizning ahvoli ancha yaxshilanib, barqarorlashgan. Psixolog tomonidan unga muntazam ko‘mak ko‘rsatilmoqda. Pedagoglar jalb qilingan holda unga maktab dasturidagi asosiy fanlardan darslar o‘tilmoqda. Qiz ingliz tili va kompyuter savodxonligiga katta ishtiyoq ko‘rsatyapti, tasviriy san’atga esa alohida qobiliyati bor.

«Samimiy suhbatimiz davomida qizcha kelgusidagi rejalari bilan bo‘lishdi, eng asosiy maqsadi – ta’lim olib, huquqni muhofaza qilish sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lishga intilishini bildirdi. Bolalar ombudsmani bunday mudhish jinoyat qurboni bo‘lgan bolaning har tomonlama reabilitatsiyasi, o‘z tengdoshlari doirasida normal ijtimoiylashuvi va eng muhimi, ta’lim olish imkoniyatlari ta’minlanishi ustidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi», deyiladi xabarda.

Bolalar ombudsmani Qashqadaryoda jinsiy qullikda saqlangan 14 yoshli qiz bilan uchrashdi

Ma’lumot uchun, 14 yoshli qizni jinsiy qullikda saqlaganlikda gumonlangan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda Kitob tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.