O‘zbekistonliklar Turkiyaga ishga taklif qilinmoqda

O‘zbekistonliklar Turkiyaga ishga taklif qilinmoqda

O‘zbekiston fuqarolari Turkiyadagi mehmonxona ishlariga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, ish turi: xona tozalovchi, oshxona ishchisi, yordamchi ishchi, maydon tozalovchi va boshqalar. Quyidagi imkoniyatlar taqdim etilmoqda:

  • ish haqi 17000 Turkiya lirasi (550 dollar, soliqlar to‘langandan keyin);
  • ish vaqti: 6 kun 8 soatdan; 
  • konsullik yig‘imidan tashqari barcha xarajatlar ish beruvchi hisobidan.

Talablar:

  • 18 yoshdan 45 yoshgacha;
  • tajribaga ega bo‘lish;
  • rus yoki ingliz tilida elementar darajada so‘zlasha olish;
  • sudlanmaganlik;
  • O‘zbekistondan chetga chiqishga taqiq yo‘qligi.

Ro‘yxatdan o‘tish.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.