Toshkentda «garmoshka» avtobus va Matiz ishtirokida YTH yuz berdi


Foto: «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida avtobus va Matiz ishtirokida YTH yuz berdi. «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 6 yanvar kuni soat 20:30 larda Yunusobod tumani, «Juma masjidi» bekati oldida King Long rusumli, 93-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan avtobus va Matiz bilan mayda to‘qnashuv sodir etgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yo‘q, yengil avtomobil texnik shikastlangan, avtobusga hech qanday zarar yetmagan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













