O‘zbekiston va Latviya iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi

O‘zbekiston va Latviya iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi

Foto: TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Latviya elchisi Reynis Troksha bilan uchrashdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi.

Raqamlashtirish, axborot-kommunikatsiya va «yashil» texnologiyalar sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish muhimligi qayd etildi.

Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar, xususan, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlarning 18-davrasi hamda iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish jadvali yuzasidan fikr almashildi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.