“Chinni bozor”da norasmiy ishlayotgan 45 nafar fuqarolarning faoliyati qonuniylashtirildi

“Chinni bozor”da norasmiy ishlayotgan 45 nafar fuqarolarning faoliyati qonuniylashtirildi
Toshkent viloyati soliq boshqarmasi va Zangiota tumani soliq inspeksiyasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Zangiota tumani bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda Zangiota tumani xududida joylashgan “Xo‘jalik mollari va Hunarmandlar savdo kompleksi” MCHJga qarashli savdo kompleksida o‘rganish ishlari olib borildi.
“Chinni bozor”da norasmiy ishlayotgan 45 nafar fuqarolarning faoliyati qonuniylashtirildi
O‘tkazilgan profilaktik tadbir davomida “Xo‘jalik mollari va Hunarmandlar savdo kompleksi” mas’uliyati cheklangan jamiyati hududida jami 454 ta savdo do‘koni mavjudligi aniqlanib, tadbirkorlarga onlayn-NKTlaridan foydalanib mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shartligi tushuntirildi.
“Chinni bozor”da norasmiy ishlayotgan 45 nafar fuqarolarning faoliyati qonuniylashtirildi
Shuningdek, Zangiota tumani soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan taqdim etilgan tezkor ma’lumotga ko‘ra o‘rganishning birinchi kuni davomida 742,6 mln. so‘m va ikkinchi kunida 805,9 mln. so‘m savdo tushumlari nazorat-kassa mashinasi xotirasiga kirim qilindi.
“Chinni bozor”da norasmiy ishlayotgan 45 nafar fuqarolarning faoliyati qonuniylashtirildi
Ta’kidlash kerakki, mazkur savdo do‘konlarida jami 329 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritayotganligi aniqlanib, faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlarining 78 tasi yuridik shaxslar va 251 tasi yakka tadbirkorlar tashkil qiladi.
“Chinni bozor”da norasmiy ishlayotgan 45 nafar fuqarolarning faoliyati qonuniylashtirildi
Ayni paytda 201 ta savdo do‘konlarida 234 nafar fuqaro qonuniy faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, xatlov davomida jami 45 nafar fuqarolar norasmiy ishlayotganligi aniqlandi.

Aniqlangan holatni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullar tomonidan jamiyat rahbariga kerakli tushuntirishlar berildi.

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.