Qosim-Jo‘mart To‘qayev 5 aprel kuni O‘zbekistonga keladi

Qosim-Jo‘mart To‘qayev 5 aprel kuni O‘zbekistonga keladi
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 5 aprel kuni tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda mezbon davlat prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xiva shahrida o‘tadigan muzokaralarda O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash hamda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini ko‘paytirish, iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, transport va energetika sohalarida infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish, gumanitar dasturlarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Davlat rahbarlari mintaqaviy kun tartibidagi masalalarni ham muhokama qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.