Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev O‘zbekistonga keldi

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 5 aprel kuni tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan Urganch xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari kutib oldi.

Milliy qo‘shiq va raqslardan iborat tantanali marosim bo‘ldi.

Bugun yetakchilar muzokaralar o‘tkazadi va qadimgi Xiva shahrining tarixiy obidalari bilan tanishadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 5 aprel kuni tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan Urganch xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari kutib oldi.

Milliy qo‘shiq va raqslardan iborat tantanali marosim bo‘ldi.

Bugun yetakchilar muzokaralar o‘tkazadi va qadimgi Xiva shahrining tarixiy obidalari bilan tanishadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













