O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Xivaning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Shavkat Mirziyoyev hamrohligida qadimgi Xivaning Ichan-qal’a majmuasi tarixiy obidalari va Nurillaboy saroyini ziyorat qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Xivaning tarixiy obidalarini ziyorat qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati

“Ochiq osmon ostidagi muzey” sifatida tanilgan Xiva yaxlit yodgorlik sifatida Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan yagona shahardir. Bu yerda 120 dan ortiq me’moriy obidalar joylashgan.
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Xivaning tarixiy obidalarini ziyorat qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Xivaning tarixiy obidalarini ziyorat qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
1990 yilda Xiva shahri YUNЕSKO ning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan, 1997 yilda uning 2500 yilligi nishonlangan. 2020 yilda shahar turkiy dunyoning madaniy poytaxti deb e’lon qilindi, 2024 yilda esa islom dunyosining turizm poytaxti bo‘ldi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Xivaning tarixiy obidalarini ziyorat qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Xivaning tarixiy obidalarini ziyorat qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Xivaning tarixiy obidalarini ziyorat qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Nurillaboy saroyi XX asr boshlarida bunyod etilgan. Majmua madrasa, 100 dan ortiq xonalar, galereyalardan iborat. Saroy xonalarini bezashda nafaqat xivalik mohir ustalar, balki chet ellik rassom-dekoratorlar ham ishtirok etgan, ular saroyning sharqona qiyofasiga Yevropaning modern uslubini singdirganlar. Xonalarning ichki ko‘rinish, kaminlari, Venetsiya oynalari va tilla suvi yugurtirilgan bronzadan ishlangan, billur ilgakli qandillari bilan ajralib turadi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Xivaning tarixiy obidalarini ziyorat qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Xivaning tarixiy obidalarini ziyorat qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Xivaning tarixiy obidalarini ziyorat qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Xiva tarixi va uning fan rivojiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, hududning boy madaniyati va san’ati haqidagi hikoyalar qozog‘istonlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.