Farg‘onada qo‘shni davlatdan kirib kelgan ayol poshnasidan 26 gramm tilla tishlar topildi

Farg‘onada qo‘shni davlatdan kirib kelgan ayol poshnasidan 26 gramm tilla tishlar topildi
Foto: Bojxona qo‘mitasi
Farg‘ona viloyatida qo‘shni davlatdan kirib kelgan ayol poshnasidan 26 gramm tilla tishlar topildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, holat Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi “Ravot” chegara bojxona postida kuzatilgan. Post orqali qo‘shni davlatdan kirib kelgan yo‘lovchilardan biri oyoq kiyimining poshnasiga 26 gramm og‘irlikdagi tilladan ishlangan tishlarni yashirgancha olib kirishga uringani fosh bo‘ldi.
Farg‘onada qo‘shni davlatdan kirib kelgan ayol poshnasidan 26 gramm tilla tishlar topildi
Foto: Bojxona qo‘mitasi
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda, ma’lumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritmasdan, O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga tijorat maqsadlarida olib chiqishlariga ruxsat etiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.