Toshkentda uch oyda ushlangan fohishalik bilan shug‘ullanuvchi ayollar soni ochiqlandi

Toshkentda uch oyda ushlangan fohishalik bilan shug‘ullanuvchi ayollar soni ochiqlandi
Toshkent shahrida o‘tgan uch oyda ushlangan fohishalik bilan shug‘ullanuvchi ayollar soni ochiqlandi. Bu haqda IIBB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar IIBB tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida muntazam ravishda chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, salbiy illatlardan biri fohishaxona saqlash va fohishalik bilan shug‘ullanish holatlariga qarshi kurashish maqsadida xodimlar tomonidan tezkor-profilaktik tadbirlar kuchaytirilgan olib borilmoqda.
Toshkentda uch oyda ushlangan fohishalik bilan shug‘ullanuvchi ayollar soni ochiqlandi
Foto: IIBB
Natijada joriy yilning uch oyi davomida Toshkent shahrida fohishalik bilan shug‘ullangan 1 068 nafar shaxs aniqlangan bo‘lib, ma’muriy tartibda javobgarlikka tortilgan. O‘rganishlar jarayonida aniqlanishicha, javobgarlikka tortilganlarning 92,8 foizi (992 nafar) viloyatlardan kelib, bu turdagi huquqbuzarlikni sodir etgan.

Bundan tashqari, joriy yilning uch oyi davomida qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash bilan bog‘liq 209 ta holat aniqlangan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.