"Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida

"Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga da’vogar AIT \"Ipak yo‘li\" banki Qarshi filialiga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, unda javobgar S.Raximovaga nisbatan kredit va kredit foizlarini muddatidan oldin undirish va undiruvni garov mulkiga qaratishni so‘ragan. Sud 2024 yil 27 apreldagi ajrimiga asosan bankning da’vo arizasini qanoatlantirgan va qarzdorga tegishli “Dong Feng pessenger” rusumli avtotransport vositasiga nisbatan ta’qiq qo‘yilgan.

Byuroning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida mazkur avtotransport vositasi qarzdorning yashash uyidan topildi.

Mashinani jarima maydonchasiga joylashtirish haqida aytilganda tabiiyki, qarzdorlar bunga norozilik va e’tiroz bildirdilar. Ammo har qanday holatda davlat ijrochilari o‘z xizmat vazifalarini bajarishlari lozim va mazkur hujjat ijrosi ta’minlandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.