Sirdaryo hokimi prezident topshirig‘iga ko‘ra boyovutlik otaxonga Guliston shahridan uy sovg‘a qildi

Foto: Zafar Mirrahimov
Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 may kuni Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitaliga borib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olgani, sirdaryolik otaxon bilan suhbatlashib, uning iltimosiga binoan otaxonga uy sovg‘a qilmoqchiligi ma’lum bo‘lgandi.

Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Zafar Mirrahimovning ma’lumot berishicha, viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev prezident topshirig‘idan so‘ng, otaxonga uy sovg‘a qilgan.
Sirdaryo hokimi prezident topshirig‘iga ko‘ra boyovutlik otaxonga Guliston shahridan uy sovg‘a qildi
Foto: Zafar Mirrahimov
Sirdaryo hokimi prezident topshirig‘iga ko‘ra boyovutlik otaxonga Guliston shahridan uy sovg‘a qildi
Foto: Zafar Mirrahimov
Mas’ullarga ko‘ra, prezident bilan uchrashgan boyovutlik 101 yoshli otaxon O‘skan ota Hojimanov ayni paytda shifoxonada davolanayotgani bois yangi xonadon kaliti O‘skan otaning kelini va nabiralariga topshirilgan. Shuningdek, hokim bugun gospitalda ham bo‘lib, otaxonni tabriklagan.
Sirdaryo hokimi prezident topshirig‘iga ko‘ra boyovutlik otaxonga Guliston shahridan uy sovg‘a qildi
Foto: Zafar Mirrahimov
Sirdaryo hokimi prezident topshirig‘iga ko‘ra boyovutlik otaxonga Guliston shahridan uy sovg‘a qildi
Foto: Zafar Mirrahimov
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.