Navoiyda noqonuniy baliq ovlash natijasida tabiatga 1,2 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi Konimex tuman bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tumanning “Sho‘rko‘l” MFY hududidagi reyd davomida fuqaro Y.O. tomonidan 5 ming metrlik sintetik to‘r yordamida tabiiy suv havzasi hududida 218 bosh baliq noqonuniy ovlanganligi aniqlandi. Natijada tabiatga 1 milliard 240 million 300 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 90-moddasi (ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish) 4-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Yetkazilgan zararni undirish va tegishli chora ko‘rish maqsadida to‘plangan hujjatlar sud organlariga yuborilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi Konimex tuman bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tumanning “Sho‘rko‘l” MFY hududidagi reyd davomida fuqaro Y.O. tomonidan 5 ming metrlik sintetik to‘r yordamida tabiiy suv havzasi hududida 218 bosh baliq noqonuniy ovlanganligi aniqlandi. Natijada tabiatga 1 milliard 240 million 300 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 90-moddasi (ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish) 4-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Yetkazilgan zararni undirish va tegishli chora ko‘rish maqsadida to‘plangan hujjatlar sud organlariga yuborilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













