Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshladi

Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 31 may kuni Buxoro viloyatiga keldi. Tashrif xayrli amaldan - Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshlandi. Qur’on oyatlari tilovat qilinib, xalqqa tinchlik-farovonlik tilab duo o‘qildi.
Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshladi
Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshladi
Davlat rahbari tashabbusi bilan majmua yanada obod qilinib, tarixiy asliyat tiklanmoqda. Ziyorat chog‘ida ushbu ishlar ko‘zdan kechirildi.

Avvalo, Toqi miyona darvozasidan boruvchi tarixiy yo‘lak tiklandi. Endi ziyoratchilar Bahouddin Naqshband maqbarasiga sunnatga muvofiq qibla tarafdan yurib boradi.

- Yuz yil vayron bo‘lib yotgan bu darvozani tiklaganimiz - o‘zlikni anglash, tarixga hurmatimiz ifodasi, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Endi bu yerdagi har bir obidaga, xonlar daxmalariga bitiklar yozib qo‘yish kerak. Ziyoratga kelganlar qadamma-qadam tarixni o‘rganib, ma’naviy ruh olib o‘tsin.
Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshladi
Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshladi
Toqi miyona darvozasining ikki yoni bog‘ga aylantirilgan. Muzey va tahoratxona barpo etilgan. Yo‘qolib borayotgan Doniyolbiy madrasasi tiklanmoqda.

Olimlar bilan suhbatda Bahouddin Naqshband merosini chuqur o‘rganish haqida fikr almashildi. Chet davlatlardan manbalarni olib kelish, ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash, muzeyni Imom Buxoriy majmuasidagidek mazmunan boyitish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, ziyoratchilar, jumladan, xorijiy turistlar uchun qulayliklarni kengaytirish, qishga ham, yozga ham mos sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshladi
Mutasaddilarga shularni qamrab olgan holda, olimlarning takliflari asosida qaror ishlab chiqish topshirildi.
Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshladi
Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshladi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.