Abituriyentlar uchun muhim yangilik e’lon qilindi

Abituriyentlar uchun muhim yangilik e’lon qilindi
my.gov.uz portali orqali 2024/2025 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga onlayn hujjat topshirish boshlandi.

Joriy yilda qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi.

1- bosqich (5 iyundan 25 iyungacha):
- Test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tiladi;
- Fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududi tanlanadi;
- Kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan OTM belgilanadi (agar mavjud bo‘lsa).

2-bosqich (test sinovlari yakunlangach 15 kun ichida):
- Oliy ta’lim muassasasi;
- Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi;
- Ta’lim shakli tanlanadi.

Shuningdek, tanlov ustuvorligi ko‘rsatiladi: «Davlat granti» yoki «To‘lov-kontrakt».

Eslatilishicha, test sinovi natijalari – ertasi kuniga, mandat natijalari esa tanlov yakunlanganidan keyin bir hafta ichida e’lon qilinadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.