Ziroat Mirziyoyeva JSST Yevropa mintaqaviy byurosi direktori bilan uchrashuv o‘tkazdi

Ziroat Mirziyoyeva JSST Yevropa mintaqaviy byurosi direktori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Foto: “Zamin” fondi matbuot xizmati
“Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Hans Klyuge bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va “Zamin” fondi o‘rtasida bolalarga, shu jumladan, onkologik kasalliklarga chalinganlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, ularni reabilitatsiya qilish, O‘zbekistonda palliativ yordamni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda, shuningdek, atrof-muhit muhofazasini rivojlantirish va takomillashtirish uchun, shu jumladan, xalqaro havo sifati standartlari va ichimlik suvi sifati me’yorlarini ishlab chiqishda xalqaro ekspertlarni jalb qilishga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratildi.
Ziroat Mirziyoyeva JSST Yevropa mintaqaviy byurosi direktori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Foto: “Zamin” fondi matbuot xizmati
Avvalroq “Zamin” fondi Vasiylar kengashi raisi Ziroat Mirziyoyevaning FAO bosh direktori o‘rinbosari hamda Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Viorel Gutsu bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tkazgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.