Ishga borish va qaytish uchun ketadigan vaqt ish kunining bir qismi deya tan olindi

Ishga borish va qaytish uchun ketadigan vaqt ish kunining bir qismi deya tan olindi
Ishga borish va qaytish uchun ketadigan vaqt ish kunining bir qismi deya tan olindi

Inson huqulari bo‘yicha Evropa sudi ishga borish va qaytishda yo‘lga ketadigan vaqtni ish kunining bir qismi, deb tan oldi. \"Kun\" nashri shu haqida ma’lum qildi.

Bu faqat maxsus ish joyiga ega bo‘lmagan kishilar - enagalar, chilangirlar va chaqiruv asosida ishlovchi boshqa kasb egalariga taalluqli.

Endi Evropa Ittifoqidagi ish beruvchilar o‘z xodimlarining grafigini qayta ko‘rib chiqishlari, unda birinchi va oxirgi buyurtma manzillari imkon qadar uyga yaqin joylashishi hamda ularga kamroq vaqt sarflanishini rejalashtirib chiqishlari kerak bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.