«Tashabbusli budjet»ning ikkinchi mavsumiga 6 iyuldan start beriladi

«Tashabbusli budjet»ning ikkinchi mavsumiga 6 iyuldan start beriladi
«Tashabbusli budjet» jarayonining 2024 yilgi II mavsumiga 6 iyuldan start beriladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Bunda:
  • Loyihalar kiritish: 6 − 26 iyul;
  • Loyihalarni saralash: 26 iyul – 15 avgust;
  • Targ‘ibot qilish: 15 avgust – 22 avgust;
  • Ovoz berish: 22 avgust – 1 sentyabr sanalari davomida o‘tkaziladi.

Ushbu mavsum uchun tuman va shahar budjetlari hisobidan 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.

Joriy yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1 trln 360 mln so‘mni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, «Tashabbusli budjet»ning 2024 yil birinchi mavsumiga 3,39 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.