Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Sadir Japarov va rafiqasini kuzatib qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Sadir Japarov va rafiqasini kuzatib qo‘ydi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning davlat tashrifi yakunlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ikki kunlik tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi, ularning yakunida yetakchilar keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladi.

Ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilindi. Energetika, avtomobilsozlik va to‘qimachilik sanoatida yirik qo‘shma loyihalarga start berildi.
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Sadir Japarov va rafiqasini kuzatib qo‘ydi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Qirg‘iziston san’at ustalarining konsertini tomosha qildi.

Bugun yetakchilarning muloqoti Xivada davom etdi. “Xiva gilamlari” kombinatining ishlab chiqarish quvvatlari, Made in Uzbekistan brendi ostidagi mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishildi.
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Sadir Japarov va rafiqasini kuzatib qo‘ydi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezidentlar rafiqalari bilan birgalikda qadimiy Xiva shahrining tarixiy-me’moriy durdonalarini ham ziyorat qildi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Urganch xalqaro aeroportida prezident Sadir Japarov va rafiqasini kuzatib qo‘ydi.
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Sadir Japarov va rafiqasini kuzatib qo‘ydi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shundan so‘ng davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.