Birovning yeri o‘zgaga buyurmadi

Birovning yeri o‘zgaga buyurmadi
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarini qaytarish va noqonuniy qurilishlarni buzilishiga ayrim fuqarolarning bu borada huquqiy bilim darajasi yetarli emasligi yoki biror bir qurilish qilish yoki yerni sotib olib, uni hujjatlarini rasmiylashtirish haqidagi huquqiy bilimga ega emasligi sabab bo‘lmoqda.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan A.T. hisobidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan uzunligi 8 metr bo‘lgan qo‘rg‘on devor buzdirilishi hamda ruxsatsiz egallab olingan 200 kv.m yer maydoni S.I.ga qaytarilishi belgilangan.

Majburiy ijro byurosi Andijon tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida noqonuniy ravishda qurilgan 8 metrli qo‘rg‘on devor buzdirilishi ta’minlandi va yer o‘z egasiga qaytarildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.