Qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Majburiy ijro byurosi direktori M.Egamberdiyev rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Qashqadaryo viloyatida qish mavsumini betalafot o‘tkazish va iste’molchilarni yoqilg‘i-energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash holatini o‘rganish jarayonida joriy yilning 8 noyabr kuni mazkur masalalarga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi.

Tadbirda tadbirkorlar, yirik ishlab chiqaruvchilar, mahalla raislari va faollari va fuqarolar ishtirok etdi.

Seminarda energiya resurslarini iqtisod qilish bo‘yicha belgilangan rejalar ijrosi borasidagi ishlar, ijtimoiy soha obyektlari, tadbirkorlik subyektlari va aholi xonadonlariga muqobil energiya manbalari o‘rnatishning afzalliklari hamda imtiyozlari haqida malakali mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirishlar berib o‘tildi.

Shuningdek, energotejamkor uskunalarning ko‘rgazmasi tashkil etildi hamda mas’ul idoralar va ta’minotchi korxonalarning qish mavsumiga shayligi darajasi yana bir bor ko‘zdan kechirildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.