Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasining yangi bog‘ida ko‘chat ekdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasining yangi bog‘ida ko‘chat ekdi (foto)
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 23 noyabr kuni «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida barpo etilayotgan yangi boqqa ko‘chat ekdi.
Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasining yangi bog‘ida ko‘chat ekdi (foto)
Bugungi asrga kelib tabiat sofligi eng dolzarb masalaga aylandi. Havo va suvning ifloslanishi, tuproq eroziyasi, cho‘llanish, global isish tabiiy muvozanatga va odamlar sog‘lig‘iga zarar yetkazmoqda. Yurtimizda bu oldindan anglanib, atrof-muhitni asrash choralari ko‘rilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasining yangi bog‘ida ko‘chat ekdi (foto)
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bundan uch yil avval boshlangan «Yashil makon» umummilliy loyihasi chinakam xalq harakatiga aylandi. Har yili bahor va kuzda daraxt ko‘chatlari ekish an’anasi jonlandi.
Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasining yangi bog‘ida ko‘chat ekdi (foto)
Prezidentimizning o‘zi bunda doimo o‘rnak. Avvalgi yillarda Yangi Toshkent, Sergeli, Chilonzor tumanlarida ko‘chatlar ekkan edi. Bu yil poytaxtimizning Bektemir tumanida, Toshkent halqa yo‘li bo‘yida yashil hududga asos solindi.
Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasining yangi bog‘ida ko‘chat ekdi (foto)
Buning uchun 100 gektar yer ajratilgan bo‘lib, ikki yilda jami 100 ming tup daraxt va buta ko‘chatlari ekiladi. Ularni parvarishlash uchun 3 ta sun’iy suv havzasi va 12 ta quduq barpo etildi.
Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasining yangi bog‘ida ko‘chat ekdi (foto)
Ma’lumki, «Yashil makon» loyihasida shaharlar yashillik darajasini 30 foizga yetkazish, xususan, ularning atrofida «yashil belbog‘» yaratish maqsadi belgilangan. Halqa yo‘li bo‘yidagi bu hudud Toshkent «yashil belbog‘»ining bir qismi bo‘ladi. Yana bir e’tiborli tomoni, bu yerda tabiiy o‘rmon shakli hosil qilinadi.
Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasining yangi bog‘ida ko‘chat ekdi (foto)
Davlatimiz rahbari jamoatchilik vakillari va chet ellik diplomatlar bilan suhbatlashdi, ushbu xayrli tashabbusga hissa qo‘shayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasining yangi bog‘ida ko‘chat ekdi (foto)
«Bu an’ana o‘zi bizda bor. Xalqimiz tabiatni «ona» deydi, yerni, suvni e’zozlaydi. Buning zamiridagi haqiqat hozirgi ekologik muammolar ta’sirida yaqqol namoyon bo‘layapti. Shuning uchun «Yashil makon» loyihasini boshladik. Kelgusi yil nomini ham atrof-muhitni asrash masalasiga bag‘ishladik. Endi bu tashabbuslar keng yoyilishi, ayniqsa, yoshlarimizga chuqur singishi zarur. Har bir xonadon, har bir korxona tabiatni asrashga hissa qo‘shishi kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasining yangi bog‘ida ko‘chat ekdi (foto)
Tadbirni videoaloqa orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar jamoatchiligi ham kuzatdi. U yerlarda ham ko‘chatlar ekildi. Ushbu kuzgi mavsumda «Yashil makon» loyihasi doirasida 80 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasining yangi bog‘ida ko‘chat ekdi (foto)
Bahorda 138 million dona ko‘chat ekilgan edi. Vazirlik va hokimliklar 257 ta bog‘ barpo qilgan. Yirik sanoat korxonalari va chiqindi poligonlari atrofiga ham daraxtlar ekilib, «yashil belbog‘»lar tashkil qilinmoqda.

Avtomobil va temir yo‘llari, daryo va kanallarga tutash yerlar daraxt ekish uchun qariyb 10 ming aholi va tadbirkorga ijara shartnomasi asosida ajratib berildi. «Mening bog‘im» loyihasi doirasida g‘olib deb topilgan 215 ta loyiha bo‘yicha bosqichma-bosqich ekish ishlari boshlandi.

Umuman, oxirgi 3 yilda mamlakatimiz bo‘yicha jami 646 million tup ko‘chat va butalar ekilgan. Orolbo‘yida yashil qoplama 2 million gektardan oshgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.