Vasiylik yoki homiylik qanday hollarda belgilanadi?

Vasiylik yoki homiylik qanday hollarda belgilanadi?
Qonunchilikka koʻra, vasiylik yoki homiylik etim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga quyidagi hollarda belgilanadi:

- ota-onasi vafot etganda yoki sud tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganda;
- ota-onasi sud qarori bilan ota-onalik huquqidan mahrum etilganda yoki ularning ota-onalik huquqi cheklanganda;
- ota-onasi ikki oydan ortiq kasal boʻlishi oqibatida oʻzlarining ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaganda;
- ota-onasi sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
- ota-onasi bedarak yoʻqolganda;
- ota-onasi bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlaganda, shu jumladan, ota-ona tarbiya, davolash muassasalari, tibbiy-ijtimoiy muassasalar va shunga oʻxshash muassasalardan bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek, boshqa zarur hollarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.