UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi

UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Foto: UzAuto Motors
Odiljon Bastamqulovich Bastamqulov UzAuto Motors AJ bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda kompaniya veb-saytida ma\'lumot berildi.

Qayd qilinishicha, Bastamqulov doimiy direktor tayinlangunga qadar kompaniyaga rahbarlik qiladi. Ilgari u avtomobil oynalari ishlab chiqaruvchi «Avtooyna» korxonasini boshqargan.

Bunga qadar UzAuto Motors kompaniyasini shvetsiyalik Bo Andersson boshqargan va 2024 yil dekabrida lavozimini tark etgan edi. U Yaponiyaning Sanoh Industrial kompaniyasiga ishga joylashdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.