Toshkentda Lacetti avtomobili yoʻl oʻrtasidagi ustunga toʻqnashdi

Toshkentda Lacetti avtomobili yoʻl oʻrtasidagi ustunga toʻqnashdi

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati

Toshkent shahrining Yunusobod tumani, Amir Temur koʻchasida 19 yanvar kuni soat 01:00 larda YTH sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, haydovchi 2003 yilda tugʻilgan M.A. Lacetti avtomashinasini boshqarib ketayotib rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻl oʻrtasidagi ustunga toʻqnashgan.

Hodisa oqibatida avtomashina yoʻlovchisiga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB ma'sul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.