Yana bir firibgar Istanbuldan ekstraditsiya qilindi

Yana bir firibgar Istanbuldan ekstraditsiya qilindi
Turkiya va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda bir qancha firibgarlik jinoyatlarini sodir etib, fuqarolarga katta miqdorda zarar etkazganlikda ayblangan Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olindi.

Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabariga koʻra, 1991 yilda tugʻilgan Ibragimov Ahmadxon Yoʻldoshxon oʻgʻli Oʻzbekiston IIV tomonidan 2023 yildan beri qidiruvda boʻlgan va ayni paytda Istanbuldan Toshkentga deportatsiya qilingan.

«Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabrlangan fuqarolardan Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga, shuningdek, ichki ishlar organlarining hududiy boʻlinmalariga murojaat qilish soʻraladi», – deyiladi xabarda.

Shuningdek, «jinoyat uchun jazoning muqarrarligini ta'minlash maqsadida Turkiya hududida hamkorlikdagi tadbirlar davom ettirilayotgani» ta'kidlanadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvga berilgan 34 yoshli oʻzbekistonlik Turkiyadan tutib keltirilgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.