Moskvadagi xiyobon Islom Karimov nomi bilan ataladi


Moskva markazida, Yakimanka tumanidagi respublika konsullik bo‘limi va mehmonxonasi yaqinida joylashgan xiyobonga O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti nomi beriladi, deb xabar beriladi Moskva meriyasi saytida.
Konsulxona yaqinidagi nomsiz xiyobonga Islom Karimov nomini berishni so‘rab shahar rahbariyatiga Rossiya va O‘zbekistonning fan, siyosat va san’at arboblari murojaat qildi. Mazkur xiyobonga O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti nomini berish to‘g‘risidagi qaror loyihasi Moskva hukumatining 1 noyabrdagi majlisida ko‘rib chiqiladi, deyiladi \"Diydoraziz\" nashrida.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













