Samarqandda elektr va gaz ta'minoti korxonalarining 7 xodimi qamoqqa olindi

Samarqandda elektr va gaz ta'minoti korxonalarining 7 xodimi qamoqqa olindi
Samarqandda Bosh prokuror oʻrinbosari Sh.Aminov ishtirokida energetika sohasida korruptsiyaga qarshi kurash boʻyicha tanqidiy yigʻilish oʻtkazilgan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Ma\'lum qilinishicha, yigʻilish 14 fevral kuni oʻtkazilgan. Unda “Hududiy elektr tarmoqlari” va “Hududgazta\'minot” aktsiyadorlik jamiyatlari Samarqand viloyati hamda tuman va shaharlar filiallari xodimlari, shuningdek, boshqa mas\'ullar ishtirok etgan.

Yigʻilishda ta\'minot korxonalarining korruptsiyaviy jinoyatlarni sodir qilganlikda ayblangan 7 nafar xodimiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllangan. Gumondorlar yigʻilishning oʻzida qoʻliga kishan taqilgan holda olib chiqib ketilgan.
Samarqandda elektr va gaz ta'minoti korxonalarining 7 xodimi qamoqqa olindi
15 fevral kuni jinoyat ishlari boʻyicha Kattaqoʻrgʻon tuman sudi “Qoradaryo” elektr ta\'minoti korxonasining 4 xodimiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllash haqida ajrim chiqardi. Ular yigʻilishda qamoqqa olinganlardan boʻlishi mumkin.
Samarqandda elektr va gaz ta'minoti korxonalarining 7 xodimi qamoqqa olindi

Xususan, sud ajrimi bilan “Qoradaryo” elektr ta\'minoti korxonasi huquqshunosi O.Q., inspektori Yu.N., nazoratchisi S.N. hamda muhandisi Z.Z.ga qamoq ehtiyot chorasi qoʻllangan. Sud hujjatida keltirilishicha, Yu.N., S.N. va Z.Z. til biriktirgan holda bir guruh boʻlib, Kattaqoʻrgʻon tumani Valijon mahallasida yashovchi fuqaroning elektr energiyasidan foydalanish qoidalari buzilganligi haqida tuzilgan dalolatnomani ijobiy hal qilib berish evaziga 7 mln soʻm va 200 AQSh dollarini qoʻlga kiritishgan.
Samarqandda elektr va gaz ta'minoti korxonalarining 7 xodimi qamoqqa olindi
Huquqshunos O.Q. esa tumanning Alijon mahallasida yashovchi, tarmoqqa noqonuniy ulangani uchun 27 mln soʻm zarar hisoblangan fuqaroga tuzilgan dalolatnomani ijobiy hal qilib berish uchun 2,7 mln soʻm soʻragan. U kirakash orqali 2,7 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.