Toshkentda yuz bergan yong‘in paytida bir kishi o‘z joniga qasd qildi (video)

Toshkentda yuz bergan yong‘in paytida bir kishi o‘z joniga qasd qildi (video)
Foto: Videodan kadr
1 mart kuni Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv 4 mavzesida joylashgan ko‘pqavatli uylarning biridagi xonadonda gaz portladi.

Toshkent shahri FVB xabariga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari ushbu manzilga yetib borib, 9 qavatli uyning 9-qavatidagi xonadonda gaz portlashi oqibatida yong‘in sodir bo‘lganini aniqlagan.

Yong‘in o‘chirilgan, 6 nafar fuqaro qutqarilib tez tibbiy yordam xizmatiga topshirilgan. Hodisa sodir bo‘lgan uyda yong‘in oqibatlarini bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda.

FVB xabariga ko‘ra, yong‘in sodir bo‘lgan xonadonda fuqaro oshxonada gaz plitasini yoqish orqali o‘z joniga qasd qilishga uringan. Gaz portlab, yong‘in yuz bergach, o‘zini 9-qavatdan pastga tashlab, halok bo‘lgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.