196 mln so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgan kafe egasi ushlandi

196 mln so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgan kafe egasi ushlandi
Sirdaryo viloyati Guliston shahrida umumiy ovqatlanish shoxobchasi egasi qariyb 200 mln so‘mlik gazni talon-toroj qilgani aniqlandi.

Bosh prokuratura qayd etishicha, yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi “M.E.K.” MCHJ rahbari B.K. jamiyatga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab noqonuniy foydalanishi oqibatida 196 mln so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgan.

Holat bo‘yicha B.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.