Toshkentda o‘zini Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari deb tanishtirgan qallob fosh etildi

Toshkentda o‘zini Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari deb tanishtirgan qallob fosh etildi
Toshkentda o‘zini Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari deb tanishtirgan qallob fosh etildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida qalloblikda va korrupsiyada gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olindi.

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining tarqatgan xabarnomasida aytilishicha, asli andijonlik 47 yoshli fuqaro barchaga o‘zini Qishloq xo‘jaligi vaziri birinchi o‘rinbosarining yordamchisi deb tanishtirib, fermerlardan ularning xo‘jaligiga imtiyozli kredit olishga ko‘maklashish bahonasida pul tama qilgan. Shu paytgacha u bir nechta fermerni aldab, katta miqdorda pul undirishga ulgurgan.
Voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Manba: www.kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.