Qanday pedagoglar umrbod malaka toifasini saqlaydi?

Qanday pedagoglar umrbod malaka toifasini saqlaydi?
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-son qaroriga binoan, pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi takomillashtirildi, deb Ta’lim xabarlari sayti xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-sentabrdan boshlab barcha pedagoglar har 5 yilda attestatsiya test sinovlariga jalb qilinadi va umrbod malaka toifasi berish amaliyoti bekor qilinadi.

Ammo 2025-yil 1-sentabrga qadar quyidagi talablarga javob beradigan pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi va ularga amaldagi malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lash davom ettiriladi:

– oliy malaka toifasini (bosh o‘qituvchi lavozimini) 15 yil davomida uzluksiz saqlaganlar;
– pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil yoki undan ko‘p ish tajribasiga ega bo‘lganlar;
– pensiya yoshiga chiqishiga 5 yil yoki undan kam vaqt qolganlar;
– pensiya yoshiga to‘lgan va pedagogik faoliyatni davom ettirayotganlar.

Shu mezonlardan biriga javob beradigan pedagoglar attestatsiyadan ozod etiladi va 1-sentabrdan keyin ham ular uchun bu talab qo‘llanilmaydi.

Ammo bu mezonlarga mos kelmaydigan pedagoglar keyinchalik 15 yillik tajriba yoki pensiya yoshiga yetgan bo‘lsa ham, har 5 yilda majburiy attestatsiyadan o‘tishlari kerak bo‘ladi.

Qonunchilikka ko‘ra, 2025-yil 1-sentabrdan so‘ng kuchga kirgan normalar faqat shu kundan keyingi holatlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Shuningdek, 2025-yil 1-sentabrgacha belgilangan mezonlarga javob beruvchi pedagoglarga faqat malaka muddati tugaganidan so‘ng toifasi qayta rasmiy beriladi va umrbod saqlanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.