YPX xodimiga mush tushirgan haydovchi qamoqqa olindi

YPX xodimiga mush tushirgan haydovchi qamoqqa olindi
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan Cobalt haydovchisi ushlandi, deb iibb.uz xabar berdi.

Videoda haydovchi YPX inspektorini musht bilan urgani aks etgan. Hodisa to‘xtash taqiqlangan joyda avtomashinani qoldirgan haydovchi hujjat so‘ralganda qochishga uringanidan boshlangan.

Hodisadan so‘ng haydovchi o‘z qilmishi uchun pushaymonligini bildirib, kechirim so‘ragan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan ish ochilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.