Namanganda 16 yoshli qiz boshqaruvidagi Spark kanalga tushib ketdi

Namanganda 16 yoshli qiz boshqaruvidagi Spark kanalga tushib ketdi
Foto: Videodan kadr
Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro o‘zining boshqaruvidagi Spark avtomashinasini 23 mart kuni 16 yoshli qizga topshiradi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, mashinaga haydovchining o‘rniga qizi, old o‘rindiqqa esa mashina egasi o‘tirgan. Mashinaning orqa o‘rindig‘ida esa qizning onasi va 10 yoshli singlisi bo‘lgan.

16 yoshli qiz avtomashinani ichki yo‘lda boshqarib ketayotib, yo‘lning xavfli burilish qismida o‘ng tomonga burilayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘n tomonidan oqib o‘tuvchi Andijon kanaliga tushib ketgan.

Hodisa oqibatida qizning onasi va singlisi nafas yo‘liga suv tiqilish tashxisi bilan vafot etgan. Haydovchi va otasi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.