Putin Mirziyoyevni G'alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi

Putin Mirziyoyevni G'alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin O\'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G\'alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi, deb Kursiv.media xabar berdi.

Putinning tabriknomalari Qozog\'iston, Tojikiston, Qirg\'iziston, Turkmaniston va Belarus rahbarlariga ham yuborildi. Shuningdek, u Ozarbayjon, Armaniston yetakchilari va Gruziya hamda Moldova xalqlarini ham bayram bilan tabrikladi.

Ma\'lumotlarga ko\'ra, bu yil O\'zbekiston harbiylari Moskvadagi G\'alaba paradida ishtirok etadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ham 8-9 may kunlari Moskvada o\'tadigan tantanali tadbirlarda ishtirok etishi kutilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.