Prezident oilasi Qurbon hayitini qanday muhitda nishonladi?

Prezident oilasi Qurbon hayitini qanday muhitda nishonladi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va birinchi xonim Ziroatxon Hoshimova Qurbon hayitini o‘z oilalari davrasida, samimiy va oddiy muhitda nishonlashdi. Mazkur tabassumli, mehrga to‘la fotosurat bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lmoqda.

Tabiat qo‘ynida, ochiq osmon ostidagi dasturxonda Shavkat Mirziyoyev piyoz to‘g‘rab, milliy taom tayyorlash jarayonida faol ishtirok etmoqda. Uning yonlarida hamsafari — turmush o‘rtog‘i Ziroatxon Hoshimova shod va quvnoq kayfiyatda, oilaviy muhitga o‘ziga xos yorqinlik bag‘ishlamoqda. Oila boshlig‘ining o‘z qo‘li bilan piyoz to‘g‘rayotgani, oddiy hayot lahzalarini har bir oila singari samimiyat va birdamlik ruhida o‘tkazayotgani jamoatchilikda katta hurmat uyg‘otdi.

Dasturxonda go‘sht, yangi sabzavotlar, qalampir va pomidorlar barcha o‘zbek oilasiga xos milliy dasturxon atributlari sifatida joy olgan. Bu tabiiy, samimiy muhit orqali prezident oilasi oddiy xalq hayotiga yaqinligini va milliy an’analarga bo‘lgan ehtiromini yana bir bor namoyon etdi.
Prezident oilasi Qurbon hayitini qanday muhitda nishonladi?
Qurbon hayiti — bu mehr-oqibat, ko‘mak va birlik ramzi. Prezident oilasining shunday ajoyib muhitda bayramni nishonlashi, minglab insonlar uchun ibrat va o‘rnak bo‘ldi. Mazkur fotosurat orqali barchamiz yana bir bor oilaviy qadriyatlar, samimiyat va mehrning inson hayotida naqadar muhim ekanini his qilamiz.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.