Toshkentda tunnelda yong‘in: Gentra yonib ketdi

Toshkentda tunnelda yong‘in: Gentra yonib ketdi
26-iyun kuni Toshkentning Yashnobod tumanida joylashgan Shimoliy temir yo‘l vokzali qarshisidagi yerosti tunnelida avtomobil yong‘ini sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Nova24.uz.

Hodisa soat 11:29 da yuz bergan. Yong‘in haqida shahar yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan. Ma’lum bo‘lishicha, Gentra rusumli avtomobil yongan.

Qutqaruvchilar 11:37 da voqea joyiga yetib borishgan va 11:40 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Yong‘inning sababi hozircha aniqlanmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.