Qashqadaryoda xususiy bog‘chada 2,5 yoshli qiz halok bo‘ldi

Qashqadaryoda xususiy bog‘chada 2,5 yoshli qiz halok bo‘ldi
Qashqadaryo viloyatining Koson tumani Ushaktepa mahallasidagi xususiy bolalar bog‘chasida 2,5 yoshli qizaloq noma’lum holatlarda vafot etdi, deb xabar berdi Kun.uz.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 2025-yil 20-iyun kuni sodir bo‘lgan. Qizaloq shu kuni bog‘cha mudirasi tomonidan Spark rusumli avtomobilda bog‘chaga olib kelingan. Ko‘p o‘tmay, qarindoshlariga qizaloq vafot etgani aytilgan.

Qizaloqning buvisi aytishicha, shifokorlar bolaning hayot alomatlari yo‘qligini bildirgan va sud-tibbiy ekspertizaga yuborilgan. Keyin esa, bola avtomobil ichida qolib ketganligi va bu bo‘g‘ilishga olib kelgani aytilgan.

Mahalla raisining ma’lum qilishicha, bog‘cha vaqtincha yopilgan. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovga ko‘ra, tergov ishlari boshlangan va o‘lim sababini aniqlash bo‘yicha ekspertiza tayinlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.