“Iwash” va “Abdurahmon mufid” blogerlari sudga berildi

Raqobat qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, xorijga ishga yuborish xizmatlarini noqonuniy reklama qilgan ikki bloger — O.Jo‘rayev (“iwash_tashkent”) va A.Abdurahmonov (“abdurahmonmufid”) sudga berildi, deb yozmoqda UZ24.uz nashri.
Blogerlar Adworld Group MCHJ faoliyatiga oid reklama joylashtirib, fuqarolarga konsalting emas, balki xorijda ishga joylashtirish xizmatlarini taklif qilgani aniqlangan.
Qonunga ko‘ra, litsenziyasiz bunday xizmat ko‘rsatish va uni reklama qilish taqiqlanadi. Shu sababli blogerlarga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, sudga yuborildi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













