O‘zbekistonda 130 yoshli ayolning yoshi rasman tasdiqlandi

O‘zbekistonda 130 yoshli ayolning yoshi rasman tasdiqlandi

O‘zbekistonda ilk bor insonning 130 yoshga kirgani rasman tasdiqlandi, deb Kursiv.uz xabar berdi. Bu — Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida yashovchi Xuvaydo Umarova (Toshmatova). Yangi rasmiy hujjatlariga ko‘ra, u 1895 yil 1 yanvarda tug‘ilgan.

Ushbu ajablanarli holat Adliya vazirligining “Hech kim hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida aniqlangan. Mahalliy adliya bo‘limi xodimlari “Qoraqum” mahallasini o‘rganar ekan, Xuvaydo Umarovaning tug‘ilganlik guvohnomasi hech qachon bo‘lmaganini aniqlashdi.

O‘zbekistonda 130 yoshli ayolning yoshi rasman tasdiqlandi

Shundan so‘ng, tumanlararo sud sayyor yig‘ilish o‘tkazib, uning tug‘ilganlik faktini rasman tan oldi. Ilgari OAVda u haqida xabar berilgan bo‘lsa-da, yoshi hech qachon rasman tasdiqlanmagan edi. Endi esa Xuvaydo Umarova — O‘zbekistonda, balki dunyodagi eng uzoq umr ko‘rgan inson sifatida e’tirof etildi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.