Shri-Lankada rekord balandlikdagi archa o‘rnatildi

Shri-Lankada rekord balandlikdagi archa o‘rnatildi
Shri-Lankada rekord balandlikdagi archa o‘rnatildi

Shri-Lankada 73 metrlik yangi yil archasi o‘rnatildi. Bu archa dunyodagi eng baland sun’iy archa deb tan olinishi mumkin, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri. Archani 600 ming yorug‘lik-diodli lampochkalar bezagan, uchiga esa 6 metrlik yulduz o‘rnatilgan.

Bu archani yaratish uchun 80 ming dollar sarflangan.

Shri-Lanka katolik cherkovi vakillarining aytishicha, bu pullarni havoga sovurishdir. Ularning fikricha, bu pullar ehtiyojmandlarga berilsa yaxshiroq bo‘lardi.

Ayni vaqtda 2015 yilda Xitoyning Guanchjou shahrida o‘rnatilgan 55 metrlik archa dunyodagi eng baland sun’iy archa hisoblanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.