Toshkent viloyatida 20 yoshli haydovchi boshqaruvni yo‘qotib avariyaga uchradi

Toshkent viloyatida 20 yoshli haydovchi boshqaruvni yo‘qotib avariyaga uchradi

2025-yil 13-oktyabr kuni soat 03:30 larda Toshkent viloyati Zangiota tumanida avtohalokat ro‘y berdi, deb xabar berdi UPL.uz.

Jaroqat №10V029 \"Jartepa – Tarnov\" yo‘lida sodir bo‘lgan. 2005-yilda tug‘ilgan, 20 yoshli Nexia-3 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, avtomashinasi bilan kyuvetga tushib ketgan.

Hodisa natijasida haydovchi yengil tan jarohati olgan va shifoxonaga yetkazilgan. Hozirda ichki ishlar organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Viloyat YHXB haydovchilarni yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga chaqirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.