Toshkentda yo‘lovchi avtobusi xonadonlardan biriga kelib urildi

Toshkentda yo‘lovchi avtobusi xonadonlardan biriga kelib urildi
Toshkentda yo‘lovchi avtobusi xonadonlardan biriga kelib urildi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida \"Isuzu\" yo‘lovchi avtobusi ishtirokida jiddiy yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus fuqarolardan birining xonadoniga kelib urilgan. Bu haqda Facebook’dagi \"Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)\" guruhiga asoslanib Kun.uz sayti yozmoqda.

Voqea tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirildi. Yo‘l-transport hodisasi juma, 23 dekabr kuni sodir bo‘lgan. O‘sha kuni poytaxtda kuchli shamol va qor bo‘roni kuzatilgandi.

Hodisa sabab hech kim jarohat olmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.