Buxoroda sud xodimi 600 dollar pora bilan ushlandi

Buxoroda sud xodimi 600 dollar pora bilan ushlandi

Buxoro viloyatida sud xodimi pora bilan ushlandi, deb xabar berdi Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) matbuot xizmati. Tezkor tadbir DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan.

Tadbir davomida G‘ijduvon tuman sudi arxivi katta xodimi 600 dollar olayotganda qo‘lga olindi. Ma’lum bo‘lishicha, u jami 700 dollar evaziga tanishlari orqali jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon shahri sudida ko‘rilayotgan ish bo‘yicha ayblanuvchining hukmini yengillashtirish va keyinchalik o‘zgartirmaslikka yordam berishni va’da qilgan. U ilgariroq 100 dollar olgani ham aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Manba: Upl.uz

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.