Toshkentlik shaxs daraxtga zarar yetkazgani uchun jarimaga tortildi

Toshkentlik shaxs daraxtga zarar yetkazgani uchun jarimaga tortildi
Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, daraxtga zarar yetkazgan shaxsga nisbatan chora ko‘rildi. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Uchtepa tumanida, "Vatan" kinoteatri yaqinida daraxtga zarar yetkazilgani haqida ma’lumot tarqaldi.

Mazkur holatni o‘rganish uchun ushbu joyga ekologiya inspektorlari yuborildi. Tekshiruv davomida daraxt to‘liq yo‘q qilinmagani, biroq unga zarar yetkazilgani aniqlandi.

Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining "Daraxt, buta, boshqa o‘simliklar va ko‘chatlarni noqonuniy kesish, ildizdan sug‘urish, zarar yetkazish, yo‘q qilish yoki ko‘chirish" moddasining 1-qismi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzildi. Ushbu shaxsga 10 300 000 so‘mlik jarima belgilandi.

Shuningdek, u tabiatga yetkazilgan zarar uchun 2 472 000 so‘m to‘lash majburiyatini oldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.