MIB: Tabiiy gazdan qarzi uchun qarzdorning avtomashinasi xatlandi

MIB: Tabiiy gazdan qarzi uchun qarzdorning avtomashinasi xatlandi

Qarzdor fuqarodan “Hududgaz Sirdaryo” aksionerlik jamiyati gaz ta’minoti korxonasi foydasiga 2,2 mln. so‘m qarzni undirish to‘g‘risida fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudining 10.10.2025-yildagi qarori bo‘yicha ijro harakatlari Majburiy ijro byurosining Xovos tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorlik ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmaganligi bois, majburiy ijro harakatlariga kirishilgan va qarzdorga tegishli \"VAZ-2107\" rusumli avtomashina xatlanib, jarima maydoniga joylashtirilgan.

Natijada, qarzdor tomonidan 2,2 mln so‘m qarzdorlik to‘liq to‘langan va ijro hujjati ijrosi tamomlangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.