Farg‘onadagi YTHda Moskvich ikkiga bo‘linib ketdi

Farg‘onadagi YTHda Moskvich ikkiga bo‘linib ketdi

Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida kecha sodir bo‘lgan YTH ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, “Chuvalanchi” MFYdan o‘tuvchi “Yangiqo‘rg‘on qishlog‘i” yo‘lida “Moskvich 412” belgisiz qismda orqaga burilgan paytda, orqadan kelayotgan Nexia-2 uni qattiq urgan.

Zarbadan “Moskvich” deyarli ikkiga bo‘linib ketgan, Nexia-2 ham jiddiy shikast olgan. Eng muhimi — ikki haydovchi ham faqat yengil jarohatlar bilan qutulib qolgan. Sog‘liqlariga xavf yo‘q.

Hozirda hodisa yuzasidan tuman IIB YHX bo‘limi tomonidan tekshiruv harakatlari davom etmoqda. Tergov natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar ochiqlanishi kutilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.